Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Talabalar uchun yangi imkoniyat

22.5.2023 614

Oʻzbekistonda talabalar uchun quyidagi yoʻnalishlarda har oy stipendiya (1 mln 320 ming soʻm) toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etiladi:

  • axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
  • matematik statistika;
  • algoritmlash asoslari;
  • maʼlumotlarni qayta ishlash;
  • dasturlash tillari (Python);
  • ingliz tili;
  • qaror qabul qilish asoslari.

✅ Ushbu kurslarda oʻqish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish