Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

TALABALAR YOTOQXONASI: KIMLAR IMTIYOZGA EGA?

23.8.2023 2720

Shahruza SATTOROVA tayyorladi.

Bu yil talabalarni yotoqxonaga joylashtirish tizimiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi. Endi arizalar Davlat xizmatlari markazi yoki online tartibda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi, talabalarni yotoqxona va ijara uylariga joylashtirish markazlari tashkil etiladi va shu bilan qaysi toifadagi talabalar yotoqxonaga joylashishda ustuvorlikka ega bo‘lishi ma’lum qilindi. Bu yil talabalarni yotoqxonaga joylashtirish tizimiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritildi.

Endi arizalar Davlat xizmatlari markazi yoki online tartibda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi, talabalarni yotoqxona va ijara uylariga joylashtirish markazlari tashkil etiladi va shu bilan qaysi toifadagi talabalar yotoqxonaga joylashishda ustuvorlikka ega bo‘lishi ma’lum qilindi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bergan ma’lumotga koʻra, quyidagi toifadagi talabalar talabalar turar joylariga ustuvorlik asosida qabul qilinadi:

• “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

• “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari“ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari“da turadigan talabalar; 

• I va II guruh nogironi boʻlgan talabalar;

• bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;

• xalqaro va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

• “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻoliblari;

• oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

• talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, talabalar yotoqxonaga imtiyozli va umumiy roʻyxat mezonlari boʻyicha ketma-ketlikda, navbat asosida joylashtiriladi. Imtiyozli roʻyxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvchi talabalar kiritiladi.a) Tegishli tasdiqlovchi maʼlumotlar asosida:

• “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;

• “Yoshlar daftari”ga kirgan, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, chin yetimlar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;

• I va II guruh nogironlari;

• xorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabalar.b) Oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) buyrugʻi asosida:

• xalqaro va Vazirlik tomonidan oʻtkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan talabalar;

• “Zakovat” intellektual oʻyinlari respublika bosqichi gʻoliblari;

• “Yil talabasi” koʻrik-tanlovi respublika bosqichi gʻoliblari;

• “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari;

• talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.

c) Umumiy roʻyxatga kiritiladigan talabalar quyidagi ketma-ketlik asosida talabalar turar joyiga joylashtiriladi:

• bitta oilada bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqiyotgan oila farzandlari;

• kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar (kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar toʻliq taʼminlanmasdan turib boshqa taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi);

• talaba qizlar (talabalar kontingentidan kelib chiqib oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) ushbu ustuvorlik ulushini belgilaydi);

• bakalavr bosqichida tahsil olayotgan talabalar (bakalavr bosqichida tahsil olayotgan turar joyga ehtiyoji bor talabalar toʻliq talabalar turar joyiga joylashtirilmasdan, taʼlimning magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olayotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi);

• oliy taʼlim muassasasi joylashgan hududdan boshqa hududda doimiy yashovchi talabalar – ariza berilgan sanasi boʻyicha navbat asosida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish