Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Talabalarga akademik ta’til qachon beriladi?

2.2.2023 3897

Talabalarga akademik ta’til o‘quv yilining istalgan davrida, quyidagi muddatlarga beriladi:

  • harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

  • homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga (Mehnat kodeksining 233-234-moddalar);

  • salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risida"gi nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qarori asosida tasdiqlangan Nizomning) 11-bandiga muvofiq talaba akademik ta’til muddatiga ta’limning mavjud sirtqi, masofaviy yoki eksternat ta’lim shakliga o‘tkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga).

Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq OTM rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

Talabaga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish