Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

2024-yilda ham ta'lim krediti ajratiladimi?

1.2.2024 885

Yoshlar ovozi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, 2023-yilda tijorat banklari tomonidan jami 2,7 trln so‘mlik ta’lim kreditlari ajratilib, 241 425 talaba qamrab olindi. Ushbu kreditlarning katta qismi, ya’ni 80 foiz xotin-qizlarga berildi — 192 825 talaba bu imkoniyatdan foydalandi.

O‘zbekistonda 2024-yil uchun tasdiqlangan davlat byudjetida taʼlim kreditini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar miqdorini oshirish belgilangan.

Byudjet qonunida 2021–2023-yillarda jami 315 ming talabaga (shundan 219 ming talaba xotin-qizlar) taʼlim kreditlari uchun 3,3 trillion so‘m resurs ajratilgan.

Joriy yilda qo‘shimcha 180 ming nafar talabaga taʼlim kreditini ajratish uchun mablag‘ rejalashtirilib, ushbu dastur bilan qamrab olinadigan talabalar soni qariyb 500 mingga yetishi kutilmoqda. Bu maqsad uchun 2024-yilda jami 2,2 trillion so‘m ajratiladi. Shundan 1,8 trillion so‘mi taʼlim kreditlarini moliyalashtirishga, 400 milliard so‘mi xotin-qizlarga ajratilgan kreditlar foiz qismini qoplashga yo‘naltiriladi.

Stipendiyalar uchun esa yil yakunigacha 1,9 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish