Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Taʼlim safari: Finlandiya va Shvetsiya taʼlim tizimi keng o‘rganilmoqda

18.9.2023 818

Ayni kunlarda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi hamda Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsulligi yordamida respublikamizdagi 10 ta pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalaridan 23 nafar professor-o‘qituvchi Finlandiya va Shvetsiyada xalqaro malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.

Ushbu malaka oshirish kurslarida Oʻzbekiston delegatsiyasi Finlyandiyaning taʼlim ekspertlari koʻmagida maktablar faoliyati va oliy taʼlim tizimi bilan tanishmoqda.

Safar dasturiga koʻra, yetti kun Finlyandiyada, besh kun Shvetsiyada nufuzli oliy taʼlim muassasalarida taʼlim tizimi va maktablar faoliyatini oʻrganish, kelgusida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish