Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

 Tashqarida havo sovuq, "Yoshlar ovozi"da esa qaynoq yangiliklar

17.2.2024 163

Avvalgi uchrashuvda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyishmasi raisi v.b. Xolmurod Salimov "Mahorat maktabi"ning moddiy-texnik bazasini yaxshilash taklifini bergan edi.

Bugun vaʼda qilingan o‘quv jihozlari — videoproyektor va zamonaviy doska tahririyatga topshirildi.

"Yoshlar ovozi" jurnalistika maktabining taniqli vakili, fotojurnalist Almurat Mamadaminov (Muhammad Amin) esa mahorat darsining mehmoni boʻldi.

Dars toʻliq amaliy tarzda boʻlib, tinglovchilar fotografiyada texnika bilan ishlash, obyektivlar, yorug'lik, soya, rakurslarni belgilash, mavzuga mos fotolarni tanlash borasida bilimga ega bo‘ldi.

 Maʼlumot uchun! Muhammad Amin qariyb 40 yildan buyon fotojurnalistika bilan shugʻullanib kelmoqda. U "Sodiq xizmatlari uchun" medali, "Mehnat faxriysi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish