Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Zoyir Mirzayev o‘quvchilarning telefondan foydalanishini nega taqiqlamoqchi?

28.2.2024 157

Yoshlar ovozi

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Zoyir Mirzayevning "Telefonsiz maktab" tashabbusi ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilikda savol tug‘ilishi tabiiy, Toshkent viloyati hokimi o‘quvchilarning telefondan foydalanishiga nega qarshi?

Telefon bolalarni ham, kattalarni ham buzadi

Toshkent viloyati hokimi 27-fevral kuni Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan ta’lim kengashining yig‘ilishida
Toshkent viloyatida o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham telefondan foydalanishni taqiqlagan maktablarga 300 mln so‘m va’da qilindi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning fikricha, telefon bolalarni ham, kattalarni ham buzadi. "Qo‘lda telefon degan balo bor ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin", — dedi u.

Mirzayev Markaziy Osiyoning barcha maktablarida o‘quvchilarning maktab hududida telefondan foydalanishi taqiqlanganini aytar ekan, O‘zbekistonda maktablarda telefondan foydalanishni cheklash tashabbusi bilan bironta ham maktab rahbari chiqmagan.

Hokimning ta’kidlashicha, o‘qituvchilarning maktabda telefondan foydalanishi taqiqlansa, ularning asablari joyiga keladi, psixologlarga ham talab pasayib ketadi.

"Qo‘lda telefon degan balo bor ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin"

2023-yilda Toshkent viloyatida 139 nafar maktab o‘quvchilari tomonidan 122 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, shundan 44 nafari 9-sinf o‘quvchilari, 34 nafari 10-sinf o‘quvchilari, yana 29−30 foizi 11-sinf o‘quvchilaridir.

U Angren (2 tadan 11 taga), Bekobod (3 tadan 9 taga), Bo‘ka (4 tadan 8 taga), Oqqo‘rg‘on (1 tadan 4 taga), Chinoz (2 tadan 6 taga) tumanlarida maktab o‘quvchilari o‘rtasida jinoyatchilik oshganini ma’lum qildi.

"Bundan xulosa qilishimiz kerak. „Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi“ deb hech kim kafolat bera olmaydi. Qo‘lda telefon degan balo bor ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Telefon o‘quvchilarni buzyapti deb, takliflar berasizlar. O‘zimizni ham buzmayaptimi mabodo? Ular o‘zimizni ham buzyapti", — dedi u.

Shuningdek, u boshlang‘ich sinflarda o‘qiyotgan o‘quvchilarning ota-onalari majlisiga ota-onalar emas, ularning o‘rta sinflarda o‘qiyotgan farzandlari kelayotganini aytdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish