Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Tibbiy ta’lim bo'yicha bakalavriatda yangi mutaxassislik ochildi

17.2.2023 421

Tibbiy ta’lim bo'yicha bakalavriatda 4 ta, magistraturada 14 ta va klinik ordinaturada 6 ta yangi mutaxassislik ochildi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining Hay’at yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Bakalavriatda 4 ta yangi ta’lim yo‘nalishi ochilib, qabul kvotalari 2,4 barobar, magistraturada 14 ta yangi mutaxassislik hisobiga kvotalar 3 barobar, klinik ordinaturada esa 6 ta yangi mutaxassislik tashkil etilishi natijasida kvotalar 2 barobarga oshirildi.

Internatura joriy etilib, 19 ta yo‘nalish bo‘yicha yiliga 500 nafar tor mutaxassis tayyorlanmoqda.

Shu bilan birga, o‘quv rejalaridagi nomutaxassis fanlar ulushi 2 barobar qisqartirildi.

Xorijdan 350 nafar professor-o‘qituvchi o‘quv jarayoniga jalb qilinib, ilmiy salohiyat 32 foizdan 46 foizga oshdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish