Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

TIKUVCHILIKDAN 2-3 MILLION DAROMAD

7.2.2023 1147

Doniyor YUSUPOV, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Naima ZARIPOVA - 22 yoshda. Tikuvchi. Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi “Do‘stlik” mahallasida yashaydi.

Murojaat maqsadi:

Tikuvchilik qilish uchun tikuv mashinasi va overlog xarid qilishga subsidiya ajratishni so‘ragan.

Yoshlar yetakchisi Temurbek Sheripov Naimaning xonadoniga borib, oilaviy holatini o‘rgangan va “Yoshlar daftari”ga tavsiya qilgan.

Oilaviy holati:

– ijtimoiy himoyaga muhtoj oila;

– otasi norasmiy band;

– oilada 5 kishi: ota-onasi, akasi, yangasi va o‘zi.

Ahvoli:

– turmushga chiqmagan;

– ma’lumoti o‘rta-maxsus;

– daromad manbayiga ega emas;

– 7 oy davomida ish qidirib, topa olmagan.

– tikuvchiga shogird tushib, tikuvchilikni o‘rgangan;

– norasmiy band.

Natija:

– tikuv mashinasi va overlog uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 10 million so‘m subsidiya ajratilgan;

– tikuv mashinalari orqali tikuvchilik bilan shug‘ullanyapti;

– o‘zini rasmiy band qilgan;

– 1 ta ish o‘rni yaratgan;

– o‘rtacha oylik daromadi 2-3 million so‘m;

– mahalladagi yoshlarga o‘z hunarini o‘rgatmoqda;

– 4 nafar shogirdi bor.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish