Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

TITANLAR BAHSI: OLIMPIADA CHEMPIONI JAHON CHEMPIONINI MAG‘LUB QILDI

20.1.2023 63

Muxbirimiz

Xabaringiz bor, Niderlandiyada klassik shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess-2023" nufuzli turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Turnirning bugungi raundida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon shaxmat toji egasi Magnus Karlsenga qarshi dona surdi.

Shiddatli va murosasiz bo‘lib o‘tgan titanlar bahsida Nodirbek fantastik o‘yin bilan shaxmat qiroli Magnus Karlsenni qora toshlar bilan mag‘lub etdi. Bu Magnus uchun daxshatli zarba bo‘ldi, chunki u hech qachon bir turnirda ikki marotaba mag‘lub bo‘lmagan edi.

Nodirbek O‘zbekistonning intellektual kuchini yana bir bor butun dunyoga ko‘rsatib qo‘ydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish