TOPIK – koreys tilidan til bilish darajasini oʻlchaydigan imtihon. Bu imtihon koreys tilida gaplashish va tushunish qobiliyatini baholash uchun loyihalashtirilgan boʻlib, til oʻrganuvchining oʻqish, yozish va tinglab tushunish darajasi qay holatda ekanini aniqlaydi.
Imtihonning maqsadi koreys tilida soʻzlashmaydigan va xorijdagi koreyslar orasida tilni targʻib qilish, til oʻrganuvchilar uchun aniq maqsad belgilash, koreys tilini bilish darajasini baholash hamda Koreys taʼlim maskanlariga oʻqishga kirish va ish izlashda TOPIK imtihoni natijalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.
TOPIK testlari Koreyaning madaniyat markazlari binolarida oʻtkaziladi, imtihonida qatnashish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtiladi. Roʻyxatdan oʻtish vaqti aniq kunga belgilanib, 1 soat davom etishi belgilanadi, ammo joylar cheklanganligi uchun 10 yoki uzogʻi 15 daqiqa davom etadi. Roʻyxatdan oʻtishda soniya ham katta rol oʻynaydi. Shuning uchun roʻyxatdan oʻtib berish TOPIK toʻloviga teng yoki undan koʻproq miqdorda boʻlishi mumkin. Registratsiyadan oʻtgach toʻlovni Koreya taʼlim markaziga toʻlashingiz mumkin. Agar roʻyxatdan oʻtib, kerakli miqdordagi pulni toʻlamasangiz 2 yilga imtihondan chetlashtirilasiz.
TOPIK imtihoni yiliga 6 marotaba oʻtkaziladi. Koreya davlatining oʻzida va chet el mamlakatlarida oʻtkaziladi. Koʻpgina mamlakatlarda TOPIK-I ertalab, TOPIK -II testi esa tushdan keyin oʻtkaziladi. Sinov har doim yakshanba kunlarida va baʼzi mamlakatlarda shanba kunlari oʻtkaziladi.
TOPIK testi ikki darajadan iborat: TOPIK -I va TOPIK -II
TOPIK -I yaʼni boshlangʻich daraja, ikkita past darajaga ega -1,2. TOPIK –II yaʼni oʻrta –kengaytirilgan darajadan iborat -3,4,5 va 6. Test topshiruvchilar 1 dan 6 darajaga ega boʻlishlari mumkin. Bunda 1 va 2-darajalar boshlangʻich, 3-darajadan 6-darajagacha yuqori darajalar hisoblanadi.
TOPIK-I imtihonida tinglab tushunish 30 ta, oʻqish 40 ta savoldan iborat boʻlib, jami 110 daqiqa, har bir qismiga 100 balldan beriladi. 80 balldan oshirsangiz 1, 140 balldan oshirsangiz 2 daraja olasiz.
TOPIK-II imtihonida tinglab tushunish 50 ta, oʻqish 50 ta savol, yozish 4 qismdan iborat. TOPIK-I va TOPIK –II yozish qismining yoʻqligi bilan farq qiladi.
Agar TOPIK sertifikatini qoʻlga kiritsangiz 2 yil mobaynida undan foydalanishingiz mumkin.