Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent shahri va viloyatida OTB hamkorligida 13 ta maktab quriladi

29.5.2023 284

Toshkent shahri va viloyatida 2023—2024-yillarda Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida 13 ta maktab quriladi. Bu haqda prezidentning 25-mayda imzolangan tegishli qarorida belgilandi.

Hujjatga koʻra, oʻquvchilarga sifatli taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Toshkent shahrining Yangihayot tumanida (1 ta), Toshkent viloyatining Zangiota (5 ta), Oʻrtachirchiq (2 ta), Qibray (3 ta), Toshkent (2 ta) tumanlarida davlat-xususiy sherikchilik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan maktablar quriladi.

Buning natijasida 13 860 ta qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni, 1 300 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Toshkent viloyatidan poytaxtga qatnab oʻqiydigan oʻquvchilar soni 20 foizga qisqaradi.

Qarorda belgilanishicha, respublikaning boshqa hududlarida ham davlat-xususiy sherikchilik asosida maktablar tashkil etish choralari koʻriladi.

18-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Namangan va Fargʻona viloyatlarida 15 ta maktab qurib berish boʻyicha kelishuvga erishilgandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish