Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev yoshlar yetakchilarining ota-onalariga mujda yoʻlladi

21.11.2024 272

Xabaringiz bor, Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tashabbusi bilan alohida faol va tashabbus ko‘rsatgan mahalla yoshlari yetakchilari, shuningdek, o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishni tashkil etgan faollarni rag‘batlantirish uchun 374 million 240 ming so‘m ajratilgan edi. Jumladan, shunga asosan eng faol 88 nafar yetakchilarga 2 million so‘m miqdorida pul mukofotlari yetkazib berildi. Shu kunlarda esa ana shunday tashabbuskor, eng faol 88 nafar yetakchilarning ota-onalariga viloyat hokimi tashakkurnoma yo‘lladi. Tuman va shahar mutasaddilari yoshlar yetakchilarining xonadonida bo‘lib, ularning ota-onasiga viloyat rahbarining e’tirofi va rag‘batini yetkazishdi. Ma’lumot uchun, yaqin kunlarda eng faol yetakchilar uchun Boʻstonliq tumanida oʻquv-seminar tashkil etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish