Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent viloyatida 17 ming nafardan ortiq yoshlar xorijiy til va kasb-hunarga oʻrgatiladi

6.12.2024 852

Yurtimizda ilmli va maʼrifatli yoshlarni kamol toptirish, ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, xorijiy tillarga oʻqitishni yanada ommalashtirish va bunday faoliyat bilan shugʻullanuvchi subyektlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qator ishlar qilinmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatining 22 ta tuman va shaharlarida boʻlib oʻtgan “Oʻquv markazlar forumi” ham mazkur yoʻnalishdagi amaliy ishlarning mantiqiy davomi boʻldi.
Jarayonlarda ishtirokchilar taklif va tashabbuslari yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, kelgusi yilda amalga oshirmoqchi boʻlgan rejalari yuzasidan hisobot berdi.

Aytish joizki, 2024-yilda Toshkent viloyatidagi mavjud 189 ta oʻquv markazlarida 12 ming 302 nafar yoshlar xorijiy tillar va kasb-hunarga oʻrgatilgan.

2025-yilda mazkur oʻquv markazlar sonini 247 taga yetkazish hamda unda 17 ming 822 nafar yoshlarni xorijiy tillar va kasb-hunarga oʻqitish rejalashtirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish