Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent viloyatida "Jasorat maktabi" oʻquv yigʻini boʻlib oʻtmoqda

31.3.2023 588

Elbek SHOYIMOV, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi axborot va media bo'yicha mutaxassisi

Toshkent viloyatida "Jasorat maktabi" oʻquv yigʻini boʻlib oʻtmoqda. Shu munosabat bilan hududdagi barcha tuman-shaharlarda yashovchi 100 nafar profilaktik hisobda turgan yoshlar uchun 10 kunlik "Jasorat maktabi" oʻquv yigʻiniga start berildi. Yoshlar Angren umumqoʻshin togʻ poligonida olib borildi. Ular harbiy formalari va joy bilan taʼminlandi.

Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent harbiy okurugi qoʻmondonligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan oʻquv yigʻinining dastlabki kunida harbiylar ishtirokida yoshlarni qiziqtirgan mavzular boʻyicha davra suhbatlari tashkil etildi. Unda qatnashgan harbiylar oʻzlarining kasbiy faoliyati, yutuqlari, Vatan oldidagi masʼuliyati qanday boʻlishi haqida soʻzlab berdi.

Shuningdek, yigitlarni yurtga sadoqatli farzand boʻlishi, harbiy xizmat nufuzi, mamlakatimizda harbiy, sud-huquq sohalarida olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida maʼlumotlar ham berildi.

– Kelga kunim uyga qaytib ketmoqchi boʻldim, – deydi bekobodlik Sultonzod Boboyev. – Ammo oʻquv yigʻinining birinchi kunidayoq katta taassurotlarga ega boʻldim. Harbiy forma kiydik, tibbiy koʻrikdan oʻtdik. 10 kun davomida kerakli boʻlgan bilim va koʻnikmalarni egallab, ishli boʻlishni reja qildim. Bu yerda biz ham hunar oʻrganish, ham madaniy hordiq chiqarish imkoniyatiga ega boʻlyapmiz. Tashkilotchilarga alohida rahmat!

Shuningdek, yigʻin doirasida psixologik mashgʻulotlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, saf va jangovarlik tayyorgarlik, Vatan himoyachilar hayotiga oid kinofilmlar namoyishi hamda sayohatlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Yigʻin yakunida ishtirokchilarga ishga joylashish va tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun maxsus sertifikatlar taqdim qilinadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish