Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan muloqotda Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov shu haqda ma'lum qildi.
Unda hududlarda faoliyat olib borayotgan eng faol yoshlar yetakchilaridan iborat 30 kishilik guruh tashkil etishga kelishib olindi hamda amalga oshiriladigan ishlar rejasi haqida taqdimot qilindi.
Aytish joizki, "Yetakchilarga ko‘mak" guruhi mahallarda yurib, yoshlar yetakchilarining tashkiliy va hujjat ishlariga ko‘maklashadi hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar yuzasidan yordam beradi.
Uchrashuvda yetakchilar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun aniq vazifalar va muddat belgilab olindi.