“Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–59-son, 16.02.2023-y.) qabul qilindi.
????Qarorga koʻra:
➖ shahar avtobus yoʻnalishlarida cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
➖ tashuvchilar bilan hisob-kitoblar “bosib oʻtilgan yoʻl” va “sifat” mezonlari asosida amalga oshiriladi;
➖ yoʻlkira haqini kunlik yigʻish reja-topshirigʻini belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus hamda 300 ta 12 metrli elektrobus;
Nukus shahri va viloyat markazlari jamoat transporti uchun jami 1000 ta tabiiy gazda ishlaydigan avtobus xarid qilish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan.