Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani onlayn olish imkoniyati yaratildi

15.11.2023 272

Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani onlayn olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Raqamli hukumat portali xabar berdi.

Endilikda mazkur xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish mumkin. Buning uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi.

Xizmatdan foydalanish uchun qidiruv tizimiga “Tugʻilganlik haqidagi guvohnomani olish” kalit soʻzlarini kiritish kerak, undan keyin kerakli sahifa shakllanadi.

Ariza joʻnatish uchun portalda shaxsiy hisob boʻlishi kerak. Shuningdek, portalda ariza holatini kuzatib turish imkoniyati mavjud. Xizmat 1 ish kunida koʻrsatilib, guvohnomani qulay vaqtda pochta orqali olish mumkin.

Xizmatdan foydalanish pullik boʻlib, portal orqali foydalanganda 10%lik chegirma taqdim etiladi — 44 550 soʻm (0,135 BHM). Pochta toʻlovi 25000 soʻmni tashkil etadi.

Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma uchun arizani ushbu my. gov.uz   xizmati orqali joʻnatish mumkin.

Xizmatdan endi dunyoga kelgan chaqaloqlar uchun birinchi marotaba guvohnoma olishda foydalaniladi. Boshqa holatlar uchun Yagona portalda tugʻilganlik haqida takroriy guvohnoma olishga ariza berish xizmati mavjud.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish