Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Turg‘unlik

13.11.2023 1474

Shukrillo Sheraliyev

Haliyam kuz – haliyam xazon,
Ertagayam bo‘lar shu ahvol.
Alamlisi bu fasl uchun,
Gullaydigan yuragim uvol.

Ko‘zda g‘ubor, quloqda g‘ubor,
Silkitmaydi birov boshini.
Changga botgan ko‘chalar yutar,
Tabiatning achchiq yoshini.

Chopolmasa ne uchun g‘irot
minib olib turlandi kaslar?
Bo‘g‘zimizga qisilsa nahot,
Biz olmoqchi bòlgan nafaslar.

Necha yilki shu fasl hokim,
Necha yilki mana shu ahvol.
Sukunatni buzmoqlik uchun
Portlaydigan yuragim uvol.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish