Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Turk dunyosidan Shushaga, Shushadan turk dunyosiga”

23.1.2023 373

Muxbirimiz

Kitobga bo‘lgan mehr-muhabbat, nainki, o‘zbek xalqi balki turk dunyosi xalqlari qon-qoniga singib ketgani ham, ayni haqiqat. Bugun o‘zbek va qardosh xalqlar o‘rtasidagi adabiy do‘stlik  o‘zining samarasini berib kelayotgani o‘tkazilayotgan tadbirlarda ham o‘z isbotini bermoqda.

Xususan, Toshkent  shahridagi  “Kitob olami” binosida  “Turk dunyosidan Shushaga, Shushadan turk dunyosiga” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda davlat tili masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi Mehrinoz Abbosova,  Ozarbayjon Respublikasining Yoshlar  fondi hamda Turk dunyosi yosh yozuvchilari uyushmasining raisi Intiqom Yashar hamda shoir va ijodkor yoshlar qatnashdi.

– Bugun yurtimizda yosh ijodkorlar, shoir hamda nosirlarga yuqori e’tibor qaratilmoqda. Xalqimizning ma’naviy yetukligini oshirish, kishilarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.  Shu bilan birga, xalqlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash zarurati har qachongidan ham o‘rinli. O‘zbek va turkiy  xalqlari o‘rtasidagi  do‘stona aloqalarni mustahkamlashda adabiyotning, umuman, ijod ahlining ahamiyati kattadir, – deydi Mehrinoz Abbosova.

Intiqom Yashar o‘z nutqida “Turk dunyosidan Shushaga, Shushadan turk dunyosiga” kitobi haqida so‘z yuritdi. Mazkur kitob taqdimoti Turkiyaning Istanbul shahrida ham bo‘lib o‘tdi.  Kitobda turkiy tilli xalqlarning, yosh ijodkorlarining sara ijod namunalari joy olgan bo‘lib, o‘zbek  qavmdoshlarimizdan Nargiza Asadova hamda Mansur Jumayevlarning ham ocherk va esselari o‘rin olgan.

Tadbir davomida shoirlar o‘rtasida “Duel” ijodiy tanlovi uyushtirildi. Unda yosh shoirlar o‘zlarining  ijod namunalari bilan  bellashdilar.  Shoirlarimiz   turkiy tilda bitilgan she’rlari bilan Intiqom Yasharni va barcha kitobxonlarni xushnud qilishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish