Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“UCHARTO‘P” MILLIY O‘YINI IXTIRO QILINDI

16.7.2022 1037

Muhammadshukur MUHAMMADJONOV, “Yoshlar ovozi” muxbiri

Andijonlik bir guruh yoshlar milliylikni aks ettiruvchi, mentalitetimizga xos va mos bo‘lgan yangi o‘yinni mahalliy aholi e’tiboriga taqdim etdi. “Ucharto‘p” deb nomlanadigan o‘yinning dastlabki natijalari ham yomon emas. Sinov tariqasida aholi o‘rta­sida bir necha oy davomida o‘tka­zilgan o‘yin barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

Quvonarlisi, “Ucharto‘p” o‘yini O‘zbekiston sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan ham o‘rganib chiqilib, sinov tariqasida amaliyotga ruxsat berildi. Hozirgi kunda Marhamat tumanida “Ucharto‘p” federatsiyasi tashkil etish yo‘lida amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Ucharto‘p” – 7 o‘yinchidan tash­kil topgan jamoaviy, to‘p havodan tushirmay o‘ynaladigan o‘yin bo‘lib, tashqi diametri 40 santimetr, og‘irligi 600 gramm bo‘lgan ballon shaklidagi to‘p bilan o‘ynaladi. O‘yin 10 daqiqa­dan 4 bo‘lim davom etadi. O‘yinchi to‘pni yerdan 40 santimetr. baland­likda joylashgan ichki diametri 2 metr bo‘lgan aylana shakldagi halqaga joylasa, “halol” deb topiladi va qaysi raqam hududidan tushirilsa, jamoa­ga shuncha ochko yoziladi. To‘p bilan harakatlanish uchun 7 qadamgacha ruxsat beriladi. “Ucharto‘p”ning max­sus kiyimi “Hafton” deb ataladi.

“Ucharto‘p”ning ixtirochisi Jamoliddin Bo‘taqulovning aytishi­cha, bu ixtiro mualliflik huquqi Intel­lektual mulk agentligi tomonidan patentlangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish