Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yoshlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

2.8.2024 511

Bugun Chinoz tumanida DXX Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi Abdugapur Ahmedov yoshlarni bir davraga jamlab, ular bilan yaqindan suhbatlashdi.

Gurungning boshi tumanning "Chorvador" mahallasidagi tuprogʻi unumdor, suvi serob dalalarda yeng shimarib, belni mahkam bogʻlab dehqonchilik bilan shugʻullanayotgan yoshlar bilan muloqotdan boshlanib, tumandagi Ixtisoslashtirilgan maktabda davom etdi.

Suhbatda ularni tadbirkorlikka jalb qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanilish, bandligini taʼminlash kabi taklif va murojaatlariga yechim izlandi.

Shuningdek, “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirilayotgan ishlar hamda tumandagi bunyodkorlik rejalari haqida fikr almashildi.

Mazkur tumandagi "Sutbuloq" mahallasi yoshlar yetakchisi Suhrob Hasanov mahallasida sport toʻgaragi tashkil qildi. U yaqinda Parkent tumani "Qiziltogʻ" hududida Abdugapur Ahmedovning yoshlar bilan boʻlib oʻtgan muloqotida ushbu toʻgarakni sport inventarlari bilan toʻldirish zarurati borligi yuzasidan murojaat qilgan edi. Uning ushbu murojaati nazoratga olinib, mahalla xotin-qizlarini gimnastika bilan shugʻullanishlari uchun sport toʻgaragiga  zarur jihozlar yetkazib berildi. Bugun esa Suhrob Hasanov chorasizlik chorrahasida qoldim deb emas, masʼullarga minnatdorchilik bildirgani keldi.

Yoshlarning har biri bilan alohida suhbat qilinib, muammo va takliflari yozib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlarimizning jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, muammolarini oʻrganish va bu borada amaliy yordam koʻrsatish borasida eʼtiborga munosib ishlar amalga oshirilmoqda.

Shundan kelib chiqib, bu kabi muloqotlar natijasida turli muammolar sabab oʻz rejalarini amalga oshirishga qiynalayotgan yoshlarga eʼtibor qaratish, ragʻbatlantirish va dalda berish maqsad qilingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish