Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Umr yo‘ldoshini haqoratlagan er yoki xotin jarimaga tortiladi!

1.5.2023 913

BMTning Xotin-qizlarni kamsitishlarga barham berish qo‘mitasi tavsiyalari bilan oilaviy zo‘ravonlik uchun alohida maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.

Unga ko‘ra, endi er yoki xotin o‘z turmush o‘rtog‘ining huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilsa yoki uni tahqirlasa, qo‘rqitsa, yaqin qarindoshlardan ajratib qo‘ysa, u qilmishning og‘irlik darajasidan kelib chiqib, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Masalan, shaxs o‘z turmush o‘rtog‘ini haqoratlab, uning qadr-qimmatini toptasa, 6 million so‘m jarimaga tortiladi. G‘arazli niyatlar bilan kaltaklab, badaniga og‘ir tan jarohati yetkazsa, 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

Ma’lumot uchun, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 2021-2022-yillarda oiladagi kamsitishlar bo‘yicha 72 mingta murojaat kelib tushgan. Ularning 61 mingdan ortig‘i xotin-qizlar kamsitilishiga taalluqli...

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish