Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

UNIVERSITETDA SPORT MUSOBAQALARI

3.2.2023 718

Zarnigor PO'LATOVA, O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Unversiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tuzilgan tashkilotdir.

Bu tashkilot unversitetlar miqyosida ham olib boradigan keng ko‘lamli ishlari bilan peshqadam. Yoshlar Ittifoqining Toshkent davlat jahon tillari universitetidagi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Mansur Muydinovning tashabbusi bilan universitet miqyosida “Milliy sport turlarini rivoshlantirish” nomi ostida talabalar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqada arqon tortish (yigitlar o‘rtasida), tosh ko‘tarish (yigitlar o‘rtasida) hamda kurash (yigit va qizlar o‘rtasida) musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqa jarayoni qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi va bu musobaqadan talabalar ko‘tarinki ruh olishdi.

Mansur Muydinov musobaqa davomida talabalar o‘rtasida sportning yana ko‘plab turlarini targ‘ib qilib, ularni faol o‘yinlarga aylantirish taklifini ilgari surdi. Bu o‘yinlarda faol qatnashgan talabalar alohida mukofotlanishini ham ta’kidlab o‘tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish