Birlamchi, ikkilamchi bozordan uy sotib olish va uyni qayta taʼmirlash uchun ipoteka krediti olish shartlari eʼlon qilindi. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish uchun talab etiladigan dastlabki hujjatlar:
– Ipoteka kreditini oluvchidan:
- Kredit oluvchining arizasi;
- Pasport nusxasi;
- Ish joyidan soʻnggi 12 oy davomida olingan daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
- Uy-joyning dastlabki oldi-sotdi shartnomasi;
- Boshlangʻich badal shakllantirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
- Kadastr hujjati.
– Kafildan:
- Pasport nusxasi;
- Ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
– Kredit taʼminoti:
- Sotib olinayotgan uy-joy.
Oʻzbekiston Ipotekani Qayta Moliyalashtirish Kompaniyasi ipoteka kreditlari boʻyicha yangilangan talablarni maʼlum qildi. Kredit quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
- Qarz oluvchi yashashi koʻzda tutilgan, foydalanishga topshirilgan, turar-joy (birlamchi va ikkilamchi uy bozoridan) sotib olish uchun;
- Qarz oluvchi yashab turgan xonadonini qayta taʼmirlash uchun.
Tarkibiy oʻzgartirishlar (rekonstruksiya) bunga kirmaydi. Ipoteka krediti hisobiga sotib olingan turar-joy qarz oluvchining asosiy yashash joyi boʻlishi shart.
– Kreditlashga muvofiq turar-joy turi:
- Yakka tartibda qurilgan uy-joylar (hovli), yoki koʻp qavatli uydagi xonadonlar;
- Yashashga tayyor boʻlmagan uylar talabga nomuvofiq hisoblanadi.
– Ipoteka kreditining garovi:
- Ipoteka krediti ostidagi (sotib olinadigan yoki qayta taʼmirlanadigan) uy.
– Qarz oluvchi yoshi:
- 18 yoshga toʻlgan va undan yuqori.
– Turar joyning geografik joylashuvi:
- Mamlakat boʻylab.
– Kredit foiz stavkasi:
- Turar joy sotib olish uchun – OʻzIQMK stavkasi + 5% gacha tijorat bank ustamasi (18%gacha);
- Turar-joyning qayta taʼmiri uchun – OʻzIQMK stavkasi + 4% gacha tijorat banki ustamasi (17%gacha).
– Maqbul qarz oluvchilar:
- Muntazam (doimiy) daromad manbalariga ega boʻlgan shaxslar boʻlishi lozim.
– Kredit summasi miqdori:
- Turar-joy sotib olish uchun – 400 mln. soʻmgacha;
- Turar-joyning qayta taʼmiri uchun – 80 mln. soʻmgacha.
– Kredit qaytarish jadvali:
- Har oylik toʻlov, annuitet shaklida, imtiyozli davrsiz boʻlishi kerak. Annuitet shakl – bu kredit muddatining oxirigacha bir xil toʻlov toʻlanadi.
– Kredit muddati:
- Turar-joy sotib olish uchun – kamida 10 yil maksimal 20 yil;
- Turar-joyning qayta taʼmiri uchun maksimal – 10 yil.
– Umumiy qarz yuki (DTI):
- DTI ≤ 50% (Qarzdor va birgalikda qarz oluvchining jami joriy kredit toʻlovlarini hisobga olgan holda).
– Oldindan toʻlov:
- Turar-joy sotib olish uchun – kamida 25% (Birlamchi va ikkilamchi);
- Turar-joyning qayta taʼmiri uchun – talab qilinmaydi.
– Qarz oluvchining maksimal oylik sof daromadi:
- 15 mln. soʻm.
Diqqat! Qarz oluvchining oylik sof daromadi yetmagan taqdirda, qoʻshimcha qarzdor qilib faqat birgalikda yashovchi xoʻjalik aʼzolarini jalb qilish mumkin.
– Ikkinchi ipoteka krediti:
- Mumkin emas.
– Quyidagi hollar “Ikkinchi ipoteka krediti” deb hisoblanadi:
- Joriy ipoteka krediti hisobiga olingan uy-joy uchun yangi ipoteka krediti olish.
- Mavjud ipoteka krediti boʻlsa.
– Gender talabi:
- Ipoteka kreditlarining kamida 35% ayollarga taqdim etilishi zarur.
– Turar-joy sugʻurtasi:
- Turar-joyning 100% qayta tiklash qiymati.
– Turar-joy mulkini baholash:
- Maxsus litsenziyaga ega mustaqil baholovchi tomonidan baholanishi kerak.
– Ushbu kreditlar quyidagi tijorat banklari tomonidan ajratiladi:
- Agrobank, Asakabank, Infin bank, Ipoteka bank, Kapitalbank, Orient Finans bank, Turonbank, Hamkorbank, Xalq banki, Oʻzmilliybank, Oʻzsanoatqurilishbank va Qishloqqurilishbanklarning joylardagi barcha filiallari.
Ipoteka kreditiga uy-joy sotib olish va xonadonni qayta taʼmirlash uchun ipoteka kreditiga zarur bo‘lgan hujjatlar roʻyxatini telegram kanalimizda koʻrsatganmiz: @yoshlarovozi