Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Uzbek Jewellery Fair-2023” – yosh zargarlar uchun ajoyib muhit

29.5.2023 3984

Marjona Qurbonova. Foto: Xolida Musulmon

Toshkentda ilk bor “Uzbek Jewellery Fair-2023” xalqaro zargarlik  ko‘rgazmasi bo’lib o’tdi va unda dunyo zargarlik sanoatining yetakchi kompaniyalari hamda yurtimizning mahalliy brendlari o‘zlarining eksklyuziv mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Ko‘rgazma doirasida  mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyatlarini yaratuvchi uchrashuvlar tashkillashtirildi.  Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatlaridan ishtirok etgan  zargarlik kompaniyalari   oltin, kumush, olmos, marvarid, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan ishlangan, sintetik va antikvar  taqinchoqlar, zargarlik buyumlari, soatlar, ramka va qismlar, qadoqlash materiallari, xavfsizlik tizimlari va texnologiyalari bo‘yicha o‘z ishlanmalarini taqdim qilishdi. Bundan tashqari tadbirda zargarlik buyumlarining chakana va ulgurji  savdosi bilan  shug’ullanuvchilar, zargarlik buyumlarini import va eksport qiluvchi kompaniyalar ham o’z mahsulotlari bilan ishtirok e’tishdi. 

Shuningdek, savdo ko’rgazmasi  doirasida “Charming East” tanlovi tashkil etilib, iqtidorli va iste’dodli  zargarlarning turli yo‘nalishdagi ishlanmalari xalqaro hakamlar hay’ati tomonidan baholandi, eng yaxshilari  “Uzbek Jewellery Awards” mukofoti bilan taqdirlandi.

Ko’rgazmada qatnashgan  yosh zargar  Ziyodilla Xikmatov  O‘zbekistonda ilk marotaba o’tkazilayot ko’rgazma haqidagi   taassurotlarini biz  bilan bo’lishdi:  

“Men 2013- yildan beri  zargarlik bilan shug’ullanaman, yaqin kunlarda bu faoliyatimni yanada kengaytirib, yangi ishchi o’rinlari ochmoqchiman.  Ko’rgazma yurtimiz zargarlari, ayniqsa,  biz kabi yoshlar uchun ham manaafatli bo’ldi deb o’ylayman. Bu yerda  Turkiya, Italiya va Hindistondan ishtirok etayotgan zargarlik  brendlari vakillari bilan  ko’rishib,  fikr almashdik.. Bu tadbirning   yurtimizda o’tkazilayotgani  nafaqat ijodkor  hunarmandlarni,   zargarlik buyumlariga qiziquvchi opa-singillarimizni ham quvontirdi.  Tashkilotchilarga rahmat”.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish