Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Vatan taraqqiyotiga mening hissam

29.11.2023 303

Farhodjon Xojayev, FVV Akademiyasi katta o‘qituvchisi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiyishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlaritoʻgʻrisida”gi PQ-5040-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 13-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, Chirchiq davlat pedagogika universitetida universitet va harbiy oily ta’lim tashkilotlari oʻrtasida butun mamlakatimiz boʻylab e’lon qilingan “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” koʻrik-tanlovi bosqichi oʻtkazildi.

Mazkur tadbirda Qurolli Kuchlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Chirchiq oliy tank-qoʻmondonlik muhandislik bilim yurti va Chirchiq davlat pedagogika universitetining professor-oʻqituvchilari, talabalar va kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tanlovda “Tanishtiruv”, “Maqom va milliy estrada yoʻnalishi”, “Amaliy san’at va milliy raqs yoʻnalishi” va “Erkin mavzuda sahna koʻrinishi” shartlari asosida Qurolli Kuchlar akademiyasining “Qalqonlar”, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining “Qutqaruvchilar”, Chirchiq oliy tank-qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtining “Oʻzbekiston qalqonlari”, Chirchiq davlat pedagogika universitetining “Yuksalish”jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Tanlov natijalariga koʻra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasining “Qutqaruvchilar” jamoasi umumiy hisobda faxrli birinchi o‘rinni qoʻlga kiritdi.

Faxrli ikkinchi o‘rinni Chirchiq davlat pedagogika universitetining “Yuksalish”jamoasi egallagan bo‘sa, faxrli uchinchi o‘rin Chirchiq oliy tank-qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtining “Oʻzbekiston qalqonlari” jamoasiga nasib etdi.

Undan tashqari Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlaridan tashkil topgan “Qutqaruvchilar” jamoasi “Eng kreativ fikrlovchi jamoa”, “Eng mohir raqqoslar” nominatsiyalari boʻyicha ham g‘olibllikni qo‘lga kiritdilar.

Qiziqarli shartlarga boy bo‘lgan koʻrik-tanlov barcha qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.

Yakunda g‘olib jamoalar va turli nominatsiyalar bo‘yicha goliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish