Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Vatanparvarlar” tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish loyihasi

14.11.2023 176

Elbek Shoyimov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyundagi majlis bayoniga asosan mahallalardagi tarbiyasi og‘ir, Ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turadigan yoshlar uchun “Vatanparvarlar” tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish loyihasini amalga oshirish topshirig‘i berilgan.
Topshiriqqa asosan joriy yilning noyabr oyida Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohida” Toshkent viloyatining 22 ta tuman (shahar)laridan tarbiyasi og‘ir hamda Ichki ishlar organlari profilaktik hisobida turadigan 200 nafar yoshlarning ro‘yxati shakllantirilib, bir haftalik “Vatanparvarlar” tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish loyihasi tashkil etildi.

Ushbu loyiha doirasida 7 kunga mo‘ljallangan kunlik dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, dastur doirasida Toshkent viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari Toshkent viloyati boshqarmasi, Toshkent viloyati IIBB, Milliy Gvardiya Toshkent viloyati Qo‘riqlash bosh boshqarmasi, Toshkent viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda bir qancha tadbirlar amalga oshirildi.

Xususan, dasturga binoan Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan yoshlar uchun “Jasorat darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazilib, yoshlar bilan ochiq muloqat tashkil etildi. Mazkur uchrashuvga Milliy Gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi zaxiradagi polkovnik O.D.Azimov ham taklif etildi. Uchrashuv va suhbat jarayonida yoshlar tomonidan berilgan savollarga, O.Azimov o'zining hayotiy misollari bilan javob berdi.

Suhbat jarayoni yoshlarda katta taasurot qoldirdi. Shuningdek yoshlarni sog‘lom ruhda tarbiyalash hamda sportga keng jalb qilish maqsadida tuman (shahar)lardan kelgan yoshlar o‘rtasida sportning kamondan o‘q otish turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish