Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Volontyorlar qo‘llab-quvvatlanadi

19.7.2023 3323

Elyor NORPO‘LATOV, Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi

Yoshlar press-klubida Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova, Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Bekzod To‘xtamurodov va Volontyorlar assotsiatsiyasi direktori Shirin Abidova ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida volontyorlik sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda yangi rejalar haqida ma’lumot berildi.

Hududlardagi Yoshlar markazlarida “Volontyorlar maktabi” tashkil etilib, 10,2 ming nafar yosh volontyorlar o‘qitildi. Ular 50 mingdan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron va kam ta’minlangan, yolg‘iz qariyalari bor oilalarga ijtimoiy loyihalar orqali ko‘maklashdi.

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekistonda volontyorlarni doimiy ro‘yxatga olish va ularga uslubiy ko‘mak berish bo‘yicha Yoshlar portali negizida volontyor.uz platformasi ishga tushirildi. Unda 2 855 nafar faol volontyorlar hamda 27 ta volontyorlik guruh va tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan.

Avgust oyidan boshlab Yoshlar ishlari agentligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha har bir hududda 5 ta eng yaxshi volontyorlik loyihalarini amalga oshirish uchun volontyorlik guruhlari va tashkilotlariga har bir loyiha uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha mablag‘ ajratilishi belgilangan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish