Ummon Sultonligining Milliy mudofaa bilim yurti o‘qituvchi va tinglovchilaridan iborat delegatsiyasi 2023-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Admiral Ali Abdullah Mohammed Al Shidi boshchiligidagi Ummon Sultonligi Milliy mudofaa bilim yurti o‘qituvchi va tinglovchilari delegatsiyasi ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarini yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. O‘zaro savol javob va samimiy ruhda tashkil etilgan tadbirdan so‘ng, mehmonlar Akadmiyaning yangi o‘quv binosi, Axborot resurs markazi va o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.