Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

XALQIGA HAYKAL BO‘LGAN ASAR

16.6.2022 598

Ziyoda RAHIMBOYEVA

MILLAT ROMANLARI VA 130 YILLIK TARIX
BMT aʼzosi – ozod O‘zbekiston uchun bitgan 10 bob va 273 ta turli hajmdagi fasllarga o‘zbek xalqining 130 yillik azobli tarixini sig‘dirib, har bir satrga hayot bag‘ishlab, jonlantira olgan yozuvchi Tog‘ay Murod o‘z so‘zining ustidan chiqdi – o‘zbek xalqiga haykal qo‘ydi. Haykal deb tan olinmish “Otamdan qolgan dalalar” romani 1986-1991-yillar oralig‘ida yozildi. Ammo asar qog‘ozga tushgunicha yozuvchi 6 oy Surxon dalalarini kezdi, dehqonlar bilan birga, ular o‘tirsa-o‘tirdi, tursa-turdi. Qo‘shilishib, hatto chigit ham edi. Eng asosiysi, “bo‘lajak” Dehqonqul bilan uchrashdi. Nihoyat, roman 1994-yilda “Sharq” nashriyot-matbaa konsernining boshtahririyati tomonidan 75 000 nusxada chop etildi. Bu nashr oddiy nashr emasdi, bejiz Tog‘ay Murodga Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti topshirilmadi. Chunki Tog‘ay Murod ham xuddi Qodiriydek, undan roppa-rosa 70 yil o‘tib ilk romani bilan adabiyotni larzaga solgan, butun millat o‘qishi lozim bo‘lgan yana bir roman muallifiga aylangan edi.
DEHQONQUL KIM?
Asardagi bosh obraz – Dehqonqul g‘o‘zalarining bargiga qarab qanday dori sepish kerak ekanini biladi, lekin kuni dalada, tuni beshik tebratish bilan o‘tadigan rafiqasini hayotdan tobora to‘yib, sovib borayotganini anglamaydi… Dehqonqul dori sepib o‘tayotgan tayyora
(samolyot) uchuvchisiga qanday ishoralar qilish kerakligini biladi, lekin asar davomida, umri davomida bir marta namoz o‘qimaydi,
Yaratgan nomini tilga olmaydi… Cho‘ntagidagi oxirgi pulga bozordan “kattakon” mehmonlarga dasturxon yozish uchun mevalar sotib oladi, lekin uyidagi och, nimjon farzandlari xurmo bilan pomidorni farqlay olmaydi… Xojayev muallim xotinini qo‘shni viloyatdagi xushmanzara oromgohga bir haftaga olib borganida, rais xotiniga juhudi atlas olib berib, “shahardagi uzun yer ostidagi salqin” metrolarga olib tushganida bizning Dehqonqul homilador rafiqasining ko‘ngli tusagan qizil olma uchun Denov bozoriga borishga ham erinadi, aniqrog‘i, paxtalari sabab vaqtini qizg‘anadi…
ENG OG‘RIQLI ISYON
Azaldan din va qonunlar nuqtayi nazaridan o‘z joniga qasd qilish har qanday vaziyatda ham oqlanmagan. Ammo qasd qiluvchi kim bo‘lsa ham, shirin jonidan kechishigacha olib kelgan biror sababi bo‘ladi. Shundaylardan biri Dehqonqulning umr yo‘ldoshidir. Nega u o‘ziga eng azobli va eng og‘riqli o‘limni ravo ko‘rdi? Aslida, yashayotgan har bir kuni ham o‘limi qadar og‘ir edi, buni bolasining beshigiga qosh qalam bilan yozgan bitiklaridan ham sezish mumkin. Ayol kabi dahshatli o‘limni tanlayotganlar butun
O‘zbekistonda o‘sha paytda so‘nggi ikki yil ichida 753 nafarga yetgan, achinarlisi, ularning hammasini
turli yoshdagi xotin-qizlar tashkil etmoqda edi. Qizil filmlarda “Paxta ishqi” qo‘shig‘ini kuylab, asl hayotda esa kuyib o‘lishni afzal ko‘rgan ayollarga atab leningradlik shoir Dudin “Ayollar yonmoqda O‘zbekistonda” deya haqiqatlarni sheʼr qilib qog‘ozga to‘kd

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish