Soliq qo‘mitasi xarid cheklariga asoslangan holda o‘zbekistonliklar eng ko‘p nimalarga pul sarflayotganini e’lon qildi. Aniqlanishicha, O‘zbekistonliklar benzin-gaz, sayohat va oziq-ovqat uchun ko‘proq pul sarflamoqda. Qo‘mitaning xabar berishicha, fiskal cheklar to‘g'risidagi ma’lumotlar ularning bazasida avtomatik tarzda ko‘rinadi.
Unga ko‘ra, 2024-yil I choragida eng ko‘p sotilgan mahsulotlar reytingida birinchi o‘rinni metan qo‘lga kiritgan. Keyingi o‘rinlarda shakar va propan gaz qayd etilgan.
Ularning summasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, metan gaz - umumiy miqdorda 3,4 trln. so‘m, benzin AI-80 - 2,6 trln. so‘mlik sotilgan.
Shuningdek, avia chipta (xalqaro) - 2,3 trln so‘m, benzin AI-92 - 1,2 trln so‘m, 1-navli bug‘doy uni - 1,1 trln so‘m, uyali telefonlar - 613 mlrd. so‘m, kungaboqar yog‘i - 542, 1 mlrd. so‘m, go‘shtli taomlar - 470, 2 mlrd. so‘mga sotilgan.
Shu bilan birga, pishiriqlar – 427,4 mlrd. so‘m, sigaretlar – 418,1 mlrd. so‘m, alkogolsiz ichimliklar – 399,4 mlrd. so‘m, mehmonxona xizmatlari – 394,9 mlrd. so‘m, shakar – 378,5 mlrd. so‘m, propan gaz – 374,5 mlrd. so‘mni tashkil etadi.