2040-yilga borib O‘zbekiston aholisi suv tanqisligidan jiddiy aziyat cheka boshlaydi.
Dunyo resurslari instituti tadqiqotiga ko‘ra, 2025-yilga kelib dunyo aholisining yarmi suv tanqisligiga uchragan hududlarda yashashi kutilmoqda.
2030-yilda kuchli suv tanqisligi tufayli 700 millionga yaqin odam iqlim muhojirlariga aylanadi.
2040-yilga borib O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekistonda 80 foizdan ortiq aholi suv tanqisligidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aziyat cheka boshlaydi. Bu dunyo bo‘yicha eng yuqori xavfli hududdir.
Kelajakda, hatto, yetarli suv resurslariga ega mamlakatlarda ham suv tanqisligi sezila boshlaydi. Bu bir qator omillar - infratuzilma va suv taqsimlashdagi xatoliklar, ifloslanish, mojarolar yoki suv resurslarini noto‘g‘ri boshqarish bilan bog‘liq. Iqlim o‘zgarishi esa suv tanqisligi muammosini tezlashtirib yuboradi.