Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Xitoydan navbatdagi xushxabar!

31.7.2023 3713

Xitoyning Chendu shahrida davom etayotgan XXXI yozgi Butunjahon universiada o‘yinlarida talaba-sportchilarimiz tomonidan ikkita kumush medali qo‘lga kiritildi.

Ushbu medallarni mamlakatimiz terma jamoasiga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Darya Latisheva (ushu yo‘nalishi) va Qarshi davlat universiteti talabasi Nurbek Murtazoyevlar (dzyudo) taqdim etdi.

Talaba-sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyatli yurishlari bilan tabriklaymiz va ularni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish