Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

XORAZMDA ZAMONAVIY “YOSHLAR KUTUBXONASI”

18.1.2023 673

Doniyor YUSUPOV, Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Urganch markazida qad rostlagan “Yoshlar kutubxonasi” 100 ming kitob fondiga ega. Kutubxonada 7 ming xildagi darsliklar, ilmiy va badiiy adabiyotlar jamlangan.

Kutubxonaga Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron bazasi ham ulangan. Ziyo maskani bir vaqtning oʻzida 200 nafardan ortiq kitobxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Kutubxona bepul Wi-Fi tarmogʻi, eng zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan. Oʻquvchilar kitoblarni uylariga ham olib ketib oʻqish imkoniyatiga ega. Kutubxona yosh tadbirkor Quvondiq Abdullayev tashabbusi bilan tashkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish