Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

lmiy ish qilayotganlar xorijga o‘qishga yuboriladi, agar ...

11.1.2024 679

2024-yildan boshlab har yili madaniyatshunoslik, nomoddiy madaniy meros sohalari, xususan, maqom va baxshichilik san’ati bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan ilmiy xodimlar xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalarga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuboriladi. Bu 2023-yilning 25-dekabrida qabul qilingan PQ-405-sonli Prezident qarorida belgilab qo‘yildi.

Nomzodlar pedagogik-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, magistrlik darajasiga ega bo‘lgan iqtidorli va samarali faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar o‘rtasida ochiq tanlov asosida saralab olinadi.Xorijga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qilish uchun yuborish bilan bog‘liq xarajatlar esa “El-yurt umidi” jamg‘armasiga xorijda doktoranturada ta’lim olish dasturlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish