Qayd etilishicha, mazkur spektrdagi yorugʻlik organizmda melatonin, yaʼni xalqona tilda “uyqu gormoni” deb ataluvchi modda ishlab chiqarilishiga toʻsqinlik qiladi. Oqibatda inson tanasida moddalar almashinuvi jarayoni buziladi.
Tadqiqotchilar xulosasiga koʻra, bunday holat metabolik kasalliklarni keltirib chiqarib, bora-bora foydalanuvchilarda vazn ortishiga sabab boʻlishi mumkin.
— Koʻk spektrli yorugʻlik faqat kechqurun va tunda xavfli, — deydi universitet professori Denis Gubin. — Shu paytgacha smartfonlardan qorongʻuda foydalanish koʻz va bosh miya faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi tadqiq etilgan. Ammo endi ularning metabolik jarayonlardagi ishtiroki haqida ham maʼlumotga egamiz.
Shundan kelib chiqib, D.Gubin soat 21:00 dan keyin smartfon, kompyuter va boshqa elektron qurilmalarni ishlatganda koʻk chiroq taʼsirini kamaytiruvchi maxsus filtr rejimini yoqish hamda xona ichiga koʻcha yorugʻligi tushmasligini taʼminlashni tavsiya qildi.
Eslatib oʻtamiz, melatonin moddasi inson tanasida yarim tundan ertalabki soat 5:00 gacha maksimal darajada ishlab chiqariladi. Mazkur jarayonning choʻqqisi tungi soat 02:00 atrofi hisoblanadi