Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yangi ishga kirayotgan chet tili o‘qituvchilariga B2 darajadagi sertifikat talabi 2023/2024-o‘quv yilidan kiritiladi

13.3.2023 874

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi 312-son qaroriga asosan, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi lozim.

Ko‘plab murojaatlarni inobatga olib, shuningdek, maktablarda xorijiy tillarni o‘qitish jarayoni davomiyligini ta’minlash maqsadida Hukumat tomonidan B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan cheti tili fani o‘qituvchilarining umumta’lim maktablariga ishga qabul qilinmasligi xususidagi talab 2023/2024-o‘quv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berilgan.

2024/2025-o‘quv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani o‘qituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘z navbatida C1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega o‘qituvchilar ham ayni vaqtda oylik ish haqlarini 50 foizga oshirish imkoniyatiga ega.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish