Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yangi jamoa bilan g‘alabalar sari

1.11.2023 506

Azizbek OCHILBOYEV, Toshkent shahar “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi

Toshkent shahar yoshlar markazida poytaxtimizdagi umumtaʼlim muassasalari hamda ixtisoslashtirilgan maktablar hamda tuman sardorlarining anʼanaviy “El uchun, yurt uchun, porloq kelajagimiz uchun – bir nuqtada birlashamiz” shiori ostidagi “Poytaxt sardorlari forumi” tashkil etildi. Forumda tashabbuskor, jamoat ishlaridagi faolligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan jami 300 nafar Yoshlar ittifoqining maktab, tuman sardorlar kengashlari aʼzolari ishtirok etdi.

Forumda ekologiya, taʼlim, madaniyat va sanʼat, media savodxonlik, sport, ijtimoiy himoya, liderlik yoʻnalishlarida guruhlarga boʻlingan holda seminarlar, “Sardorlarning bugungi islohotlar jarayonidagi oʻrni”, “Jamoa shakllantirish: yoshlarning psixologik rivojlanishi” mavzularida muhokama yigʻilishlari, “Kahoot” enerjayzer oʻyini, turli sohalarda muvaffaqiyatlarga erishgan maktab oʻquvchilari hayotini oʻzida aks ettirgan “Yengilmas” filmi namoyishi tashkil etildi.

Forum jarayonlarida faol ishtirok etib, oʻzining qobiliyatlarini yuqori darajada namoyish eta olgan eng faol 14 nafar oʻquvchi-yoshlar yakunda Toshkent shahar “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari etib saylandi. Yangi sardorlarga Ittifoqning Toshkent shahar kengashi raisining “Ishonch yorliqlari” hamda “Ittifoq oltin kaliti” tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, forumning barcha ishtirokchilari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.

2023-2024-oʻquv yilida mazkur faol oʻquvchi-yoshlar, Toshkent shahar “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari Toshkent shahri miqyosida oʻquvchi-yoshlar uchun turli xil loyihalar va tadbirlarni tashkil etish, iqtidorli oʻquvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda maktablarda oʻquvchi-yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etib boradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish