Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“Yashil makon

15.11.2023 312

Yurtimizda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha “Yashil makon” ummummilliy loyihasi doirasida “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilinib, respublikamiz bo‘ylab 85 million tup ko‘chat ekilishi rejalashtirildi.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi loyiha doirasida turli aksiyalar o'tkazib kelmoqda. Jumladan, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari, volontyorlar, yoshlar va sportchilar oilalari tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 20 gektar maydonga  2 mingga yaqin daraxt ko‘chatlari ekildi.

Chustda “Yoshlar bog‘i” tashkil qilindi

Chust tumanida yo‘l yoqalari, tashkilot va korxonalarda obodonlashtirish ishlari boshlandi. 2023-yil kuz mavsumida 530 ming dona  mevali va manzarali ko‘chatlar ekish ko‘zda tutilgan.

Jumladan, tumanda Yoshlar bog‘i tashkil etildi. Ko‘chat ekish ishlarida tuman hokimi B.Hamdamov hamda yoshlar yetakchilari faol ishtirok etdi. Loyiha xalqimiz, xususan, yoshlarning atrof muhitni muhofaza qilish, yashil maydonlarni ko‘paytirish va asrashga, ona zaminga e’tiborini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish