Yoshlar ishtirokida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Chinoz tumani Markaziy o‘yingohi hamda Sport maktabi binosining atrofidagi maydonda faol yoshlar, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida 1200 tup daraxt ko‘chatlari ekildi. Loyiha doirasida ko‘chat ekish va uni parvarishlash qilishdagi agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida olib borish yuzasidan ham maʼlumotlar berilmoqda.
– Viloyatimiz bo‘ylab yoshlar ishtirokida 100 ming tupdan ortiq nihol ekishni reja qilganmiz. Shuningdek, biz ushbu nihollarni parvarish qilishda qishloq xo‘jaligi sohasida uzoq yillar faoliyat olib borgan nuroniylarning tavsiyalariga eʼtibor qaratish, ular bilan doimiy ravishda fikr almashib borishnni reja qilganmiz, – deydi Toshkent viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev.
Toshkent viloyatining boshqa hududlarida ham "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.