Yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish faoliyatimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada yoshlar uchun barcha sohalarda eshiklar kata ochilmoqda. Jumladan, shu yil 5-aprel kuni davlatimiz rahbari “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Unga ko‘ra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda yoshlarga ijaraga berish belgilandi.
Andijon viloyatida bu boradagi ishlar jadal amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman (shahar) lardagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari xatlov o‘tkazib, dehqonchilik qilish istagini bildirgan 16 ming 669 nafar yoshning ro‘yxatini shakllantirdi.
Dehqonchilik uchun yer olish istagidagi yoshlarning hududlar kesimidagi tahlili:
Xonobod – 67 nafar;
Shahrixon – 1 600 nafar;
Qo‘rg‘ontepa – 1 587 nafar;
Jalaquduq – 1 527 nafar;
Izboskan – 1 467 nafar;
Andijon tumani – 1 453 nafar;
Marhamat – 1 440 nafar;
Asaka – 1 400 nafar,
Oltinko‘l – 1 347 nafar;
Baliqchi – 1 207 nafar;
Paxtaobod – 1 133 nafar;
Buloqboshi – 707 nafar;
Ulug‘nor – 600 nafar;
Xo‘jaobod – 587 nafar;
Bo‘ston – 547 nafar.
Bu yoshlarga viloyatimizdagi dehqonchilik qilish uchun 737 ta konturdan 2 500 gektar unumdor yer maydonlari onlayn auksion savdolari orqali ajratib berildi.
Ajratilgan yerlarning hududlar kesimidagi tahlili:
Shahrixon – 240 gektar;
Qo‘rg‘ontepa – 238 gektar;
Jalaquduq – 229 gektar;
Izboskan – 220 gektar;
Andijon tumanida – 218 gektar;
Marhamat – 216 gektar;
Asaka – 210 gektar;
Oltinko‘l – 202 gektar;
Baliqchi – 181 gektar;
Paxtaobod – 170 gektar;
Buloqboshi – 106 gektar;
Ulug‘nor – 90 gektar;
Xo‘jaobod – 88 gektar;
Bo‘ston – 82 gektar;
Xonobod – 10 gektar.
Yoshlarga maqsadli ajratilgan yer maydonlarini o‘rganish, ekin ekish va ulardan samarali foydalanish holatini tahlil qilish maqsadida Andijon viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi va tegishli mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh shakllantirildi. Ishchi guruh ajratilgan maydonlardan foydalanilish holatini o‘rganish bilan bir qatorda, soha mutaxassislari ko‘magida yoshlarga ekinlarni parvarishlash, ularga zarur agrotexnik tadbirlarni ko‘rsatish, yerdan bir yilda 2-3 marotaba hosil olish uchun zarur maslahat va tavsiyalar berib borilmoqda. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasining malakali mutaxassislaridan iborat guruh hududlarda jami 67 marotaba sayyor o‘quvlar tashkil etib, dehqonchilik bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga uslubiy va amaliy ko‘mak berdi.
Yoshlar bandligini ta’minlashning bu usuli samarasini ermoqda. Bugun yoshlarimiz yerdan oladigan ilk hosilini yurtimiz bozorlariga chiqarish arafasida turibdi.
Yoshlarning yetuk va malakali mutaxassis, o‘z yo‘nalishining lideri bo‘lishi uchun barcha ishlar qilinmoqda. Yoshlardan esa faqatgina tashabbus, mehnat va maqsad sari intilish talab etiladi. Har qanday sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lish, kishining o‘zi va kelajagi uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.