Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

YETAKCHILARGA SKUTER TOPSHIRILDI

22.2.2023 911

Doniyor YUSUPOV, Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi axborot va mediya bo‘yicha mutaxassisi

Xorazm viloyatida 531 ta mahallada yoshlar yetakchisi faoliyat olib bormoqda. Yetakchilar qulay sharoitga ega xizmat xonalari, zarur ko‘rgazmali vositalar, qiymati 2 milliard so‘mdan ortiq ofis mebel jihozlar, kompyuter hamda planshetlar bilan ta’minlandi.

Yoshlar yetakchilari faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va ularga qulay sharoitlar yaratish maqsadida Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Rahimov tashabbusi bilan Xorazm viloyati tajribasi sifatida hududi katta bo‘lgan 12 nafar yoshlar yetakchisiga “Elektron skuter” berildi.

Shuningdek, barcha yetakchilar namunaviy tipdagi ish formasi va xizmat sumkasi bilan ta’minlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish