Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

YOLG'IZ YO'LOVCHI 

23.1.2023 356

Ro‘za KARIMOVA

Ro‘za KARIMOVA – 2004-yil Jizzax viloyatining Baxmal tumanida tug‘ulgan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Jurnalistika va ommoviy axborot kommunikatsiya unversiteti Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti 1-bosqich talabasi. E'tiboringizga uni qalamiga mansub ijod na'munasini havola etamiz!

YOLG'IZ YO'LOVCHI 

Qish. Olam oq libosini kiygan. Qahraton sovuq o‘z hukimni o‘tkazmoqda.  Avtobus ichi odamlar bilan gavjum. Sovuq bo'lishiga qaramay hamma o'z  xayollari bilan band bo'lib qolgan. Yerga qarab ketayotgan otaxon nimani o'ylayotgan ekan-a? Yuzidagi uzun ajinlari go'yoki uni erta qaritganga o'xshaydi. Yana atrofimdagi odamlarga nazar tashladim. Ular jim ketishardi. Ammo nigohlari qalbidagi so'zlarni oshkor qilayotgandi. Yoshlari anchaga yetib qolgan ayollarni oilasi-yu ro'zg'ori haqida xayol band qilib ketayotgani shundoq bilinib turardi.

Avtobus oynasiga uzoq tikilib ketayotgan yosh qiz kiprik qoqib kimni izlayabdi? Qizning bu qarashidan ruhi anchagina toliqqani bilinib turardi. Sukunatga asir bo'lgan bu qalbning ichida balki to'fon hayqirayotgandir. Lekin u jim ketyapti. Qancha nidosi bo'lsa insonlarga aytmaydigan qalblar borligini anglaganday bo'ldim. Ehtimol ular yaratgan bilan sirlashar. Hamma o'z manzili tamon borardi. Chuqur xo'rsinib qilayotgan xayollarida  qilgan ishlarining muhokamasi, afsus-nadomati bordir. Balki shukronasi bilan bandir. Bilmayman, ehtimol ma’yus yuzining ostida tavba nishonasi aks etayotgandir. Ulgurib qolay deb tinmay tavba qiloyotgandir. Axir manzil yaqin... Ehtimol, bunga o'xshagan fursat boshqa bo'lmas. Jimgina hech kim seni chalg'itmaydi. O'zi va yaratgan bilan suhbatlashib ketish... Keyin avtobusdan tushasan, insonlar orasiga kirasan. Yana o'sha insonlar seni aldovchi va chalg'ituvchi insonlar.

Men shuning uchun yo'lda uzoq yurishni yoqtiraman. Xuddi ma'na shu avtobusdagi insonlarga o'xshab. Ma'na manzilimga ham keldim. G'ichir-g'ichir qor bosib ketar ekanman, biroz o‘ylanib qoldim. Hayot zarbalaridan toliqqan yuragimni yorish uchun onamning yoninga bormoqchi edim, lekin qaytdim. Onam meni deb siqilishini istamadim. Axir barcha farzandlar dardini tinglayversa u tamom bo'ladi. Yaxshisi yaqin o'rtog'imga boraman u meni yaxshi tushunadi. Biroz yurib yana to'xtadim. Axir uning o'z tashvishlari o'ziga yetmaydimi? Yo'q unga ham bormayman. So'ng qor bosgan bog'ni aylanib chiqdim. Yaratgan bilan suhbatlashib. Unga barcha dardlarimni aytdim. Bilsam, eng yaxshisi shu ekan. Manzilimga yetkuncha u bilan suhbatlashib ketishni istadim...

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish