Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

“YOSH KITOBXON” TANLOVINING YANGI NIZOMI TASDIQLANDI. ENDI U QAY TARTIBDA O'TKAZILADI?

14.8.2022 6424

Muhammadshukur MUHAMMADJONOV, “Yoshlar ovozi” muxbiri

“Yosh kitobxon” respublika tanlovining yangi nizomi tasdiqlanganidan xabaringiz bo‘lsa kerak. Unga ko‘ra, joriy yilning sentabr-dekabr oylarida o‘tkaziladigan tanlov avvalgilaridan farqli ravishda 5 bosqichda tashkil etilib, uning birinchi bosqichi mahallada boshlanadi (Eslatib o‘tamiz, avval tanlov uch bosqichda bo‘lib, unda ishtirokchilar tuman – viloyat – respublika bosqichida kuch sinashar edi).

Birinchi bosqich – tan­lovning arizalar qabul qilish va mahalla bosqi­chi bo‘lib, bu bosqichda ishtirokchilardan arizalar qabul qilinadi va ishtirok­chilar test sinovi asosida saralanadi.

Arizalar 1-sentabrgacha qabul qilinadi va qatnash­chilar sentabrning ikkin­chi o‘n kunligida 25 ta test savollari asosida sinovdan o‘tkaziladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 4 baldan beriladi.

Ikkinchi bosqich – tan­lovning sektor bosqichi bo‘lib, oktabr oyining dast­labki 10 kunligida bo‘lib o‘ta­di va 40 ta test savoli belgi­lanadi. Ishtirokchilar har bir to‘g‘ri javob uchun 2,5 bal­dan jamg‘arib boradi.

Uchinchi bosqich – tanlovning tuman (sha­har) bosqichi bo‘lib, oktabr oyining uchinchi o‘n kun­ligida ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” hamda “Tezkor savol-javob” sharti asosida bellashadi.

To‘rtinchi bosqich – tan­lovning hududiy bosqichi bo‘lib, noyabr-dekabr oylarida o‘tkaziladi. Bu bosqichda ham ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni” hamda “Tezkor savol-javob” sharti asosida bahs olib boradi.

Beshinchi bosqich – respublika – final bosqichi bo‘lib, dekabr oyining ik­kinchi o‘n kunligida o‘tka­ziladi. Ishtirokchilar “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Tezkor savol-javob”, “Buyuk mu­tafakkir va adib”, “Sheʼriyat” hamda avvalgi mavsum­lardan farqli ravishda “In­sho yozish” shartlari asosi­da bellashadi.

Insho yozishda ishtirok­chilar biletlardan birini tor­tish orqali mavzu tanlay­dilar va mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etadi­lar. Mazmun-mohiyatini ochib berish, imlo va uslu­biy qoidalarga rioya et­gan holda 3-5 sahifadan kam bo‘lmasligi talab eti­ladi. Insho yozish uchun 60 daqiqa vaqt belgilanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish