Samarqand viloyatida jami 1126 ta mahalla mavjud. Yoshlar siyosatida yangi vertikal boshqaruv tizimiga asos solingach, barcha mahallalarda xatlov ishlari o‘tkazildi. Natijada, “Yoshlar bandlik dasturi” orqali jami 59 ming 314 nafar (33 ming 966 nafar “Yoshlar balansi”ga kiritilgan ishsiz yoshlar va 25 ming 348 nafar maktab bitiruvchilari) ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash choralari koʻrilib, ishsiz yoshlarning 30 ming 965 nafari (91,2 %), maktab bitiruvchilarining 24 ming 323 nafari (96 %) bandligi taʼminlandi.
Viloyatda shakllantirilgan “Yoshlar balansi” ma’lumotlariga koʻra, jami 1 million 72 ming nafar yosh“yashil”, “sariq”, “qizil” toifalarga ajratildi. Jumladan:
– 455 ming 352 nafari (42 %) – “yashil”;
– 617 ming 65 nafari (58 %) –“sariq”
– 28 ming 324 nafari (2,6 %) – “qizil”.
Quyidagi mezonlar ko‘ra, yoshlar “qizil” toifaga olindi:
- Probatsiya nazoratidagilar (1745 nafar);
- Profilaktik hisobda turganlar (1658 nafar);
- Jinoyat sodir etishga moyil/yoki yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan (377 nafar);
- Notinch oila farzandlari (2316 nafar);
- Migratsiyadan qaytgan (7765 nafar);
- Oilaviy ajrim yoqasidagi (655 nafar);
- Muntazam dars qoldiruvchi (579 nafar);
- Giyohvand va psixotrop moddalar isteʼmol qiluvchi (66 nafar);
- Nogiron (10739 nafar);
- Surunkali kasalligi boʻyicha roʻyxatda turuvchilar (1855 nafar);
- Yetimlar (569 nafar).
“Qizil” toifaga olingan yoshlar viloyat, tuman (shahar)lardagi jami 588 ta korxona, tashkilot va idora rahbarlari va oʻrinbosarlariga (shundan 71 tasi viloyat tashkiloti) 41-125 nafardan biriktirildi.
Bu toifaga mansub yoshlar bilan ishlash maqsadida 28 324 ta banddan iborat mahallabay, sektorbay, tumanbay, shuningdek, 44 ta banddan iborat viloyat “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi.
28 324 nafar yoshga xat yuborildi, shuningdek, 28 324 nafarining muammolari “Yoʻl xarita”lariga kiritildi. Yordamga muhtoj deb topilgan yoshlarning 27 501 nafariga (97 %) tegishli yordam koʻrsatildi.
Jumladan:
1367 nafari doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan;
902 nafariga10 milliard soʻmlik kreditlar ajratilgan;
1119 nafariga (358 ga) yer maydonlari ajratilgan;
1137 nafar yoshlarga asbob-uskuna va mehnat qurollari berildi;
725 nafari kasb-hunarga oʻqitildi;
2819 nafar yoshning davolanish xarajatlari qoplab berildi;
667 nafar nogiron yoshlarga reabilitatsiya texnik anjomlari olib birildi;
71 nafar yoshning kontrakt toʻlovi toʻlab birildi;
196 nafariga fan va chet tili kurslarida oʻqish pullari qoplfndi;
10300 nafariga moddiy yordam ko‘rsatildi;
168 nafarining uy-joyi taʼmirlab berildi;
8030 nafar yoshga boshqa yoʻnalishda amaliy yordamlar koʻrsatildi.
Shuningdek, viloyatdagi yoshlarga “Yoshlar daftari” asosida ham ko‘mak belrilmoqda. 2023-yilning oʻtgan davri mobaynida “Yoshlar daftari”ga viloyat boʻyicha jami 37 478 nafar yoshlar kiritilib, ularning 26 514 nafariga (65,7 %) yordam koʻrsatildi.
Jumladan:
1321 nafar yoshga bir martalik moddiy yordam uchun 2 milliard 700 million soʻm;
247 nafar yoshga haydovchilik kurslarida oʻqishi uchun 327 million soʻm;
1997 nafariga asbob-uskuna va mehnat qurollari ajratish maqsadida 4 milliard 550 million soʻm;
3873 nafar yoshga taʼlim toʻlov-kontrakti uchun 10 milliard 214 million soʻm;
785 nafar yoshga zamonaviy kasb, Ay-Ti va xorijiy til oʻquv kursi kompensatsiyasi uchun 1 milliard 506 million soʻm;
2399 nafar yoshlarning davolanish bilan bogʻliq xarajatlari uchun 2 milliard 20 million soʻm;
1049 nafar yoshning safarbarlik chaqiruvi rezervi badali uchun 5 milliard 785 million soʻm;
151 nafar yoshning turar joy ijarasi, ijara xarajati uchun 150 million soʻm;
34 nafar yoshning maktab formasi va oʻquv qurollari uchun 10 million soʻm;
168 nafar yoshning fuqarolik paspurti olish badalini qoplash uchun 36 million soʻm va hokazo.
1445 nafar yoshlarga esa boshqa yoʻnalishlarda yordam berish maqsadida 2 milliard 676 million soʻmlik yordamlar ajratildi. 8 158 nafar doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilgan yoshlarning 622 nafariga 8,9 milliard soʻmlik kreditlar, 2329 nafariga (648 ga) yer maydonlari ajratilib, “Yoshlar daftari”dan chiqarildi.