Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i  hamda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i muloqot o‘tkazdi

28.8.2023 1621

Elbek Shoyimov

Bugun Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov Toshkent viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Elyor Akbarov bilan muzokara olib bordi.

Xabaringiz bor, Toshkent viloyatining tuman  va shaharlaridagi mahallalarda yoshlarning ta’lim olish jarayonlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida “IBRAT Academy” ilovasini ko‘chabay yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarga keng targ‘ibot qilish ishlari amalga oshirilmoqda va bu tashabbus yoshlar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

Shu maqsadda,  ikki tomon o‘rtasidaga muloqotda maktabgacha ta’lim hamda maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari o‘rtasida  “IBRAT Academy” ilovasini targ‘ib qilish zarurligi ta’kidlandi.

Muloqot davomida “IBRAT Academy” ilovasi orqali yoshlarni til o‘rganishiga ko‘maklashish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Ma’lumot o‘rnida: Ibrat farzandlari loyihasi 13 xil turdagi chet tillarini bepul o‘rgatadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish