Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

YOSHLAR PARLAMENTI: KADRLAR ZAXIRASINI SHAKLLANTIRISHGA XIZMAT QILADI

11.1.2023 75

Muxbirimiz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har ikkala palatasi huzurida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda 2020-yil 29-iyun kuni Yoshlar parlamentini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti jamoatchilik maslahat organi boʻlib, yuridik shaxs maqomiga ega emas. Yoshlar parlamenti mamlakatimizda qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarining kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Yoshlar parlamenti aʼzolari 100 nafar. Ular tashabbuskor, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlaydigan, turli yoʻnalishlarda faol ishtirok etadigan yoshlardan iborat. A’zolar quyidagi tartibda saylanadi:

– xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlarida jami 84 nafar – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – 6 nafardan;

– O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tavsiyasiga ko‘ra – 10 nafar;

– Oliy Majlis Senati taqdimnomasiga ko‘ra – 6 nafar.

Yoshlar parlamentida faoliyat yuritadigan komissiyalar:

– fan, madaniyat va kitobxonlik komissiyasi;

– turizm, sport, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar bo‘yicha komissiya;

– kompyuter texnologiyalari va innovatsiyalar komissiyasi;

– yoshlar huquqlari va huquqiy masalalari komissiyasi;

– yoshlar bandligi, agrar va tadbirkorlik masalalari komissiyasi;

– gender tengligi bo‘yicha komissiya.

2022-yil 27-oktabrda MDH Parlamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi – Assambleya Kengashining yig‘ilishi va uning 54-yalpi majlisi doirasida MDH Yoshlar Parlamentlararo Assambleyasining (MIPA) o‘n to‘qqizinchi majlisida Yoshlar parlamenti raisi Behzod To‘xtamurodov ishtirok etdi.

Assambleya yig‘ilishidagi asosiy masalalar:

– “NEET yoshlari” muammosini bartaraf etish;

– yoshlar oʻrtasidagi ishsizlikni qonunchilik bilan tartibga solish;

– Hamdoʻstlik mamlakatlarida ishsiz va oʻqimagan yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish