Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yoshlar va qonun

1.3.2023 364

Zarnigor NAFIDDINOVA, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi axborot va media bo‘yicha mutaxassisi

Buxoro viloyatida “Yoshlar va qonun” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublikamizning barcha hududlaridan saralangan 224 nafar ishtirokchidan iborat jamoalar (14-18 va 18-30 yosh toifasi bo‘yicha) o‘zaro bellashdi.

Yosh huquqshunoslar “Huquqiy muammoga tezkor yechim”, “Huquqiy penalti”, “Mening qonunchilik tashabbusim”, “Konstitutsiya bilimdoni” hamda “Sud majlislari modeli” kabi dolzarb shartlar asosida huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Yakunda 14-18 yosh toifasida Surxondaryo viloyati Angor tumanidagi “Xo‘jomqon” mahallasining “Yosh huquqshunos” jamoasi, 18-30 yosh toifasida Namangan viloyati “Chortoq” mahallasining “Diyonat” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish