Diqqat! Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Yoshlar va xotin-qizlar uchun yana bir imkoniyat

23.2.2023 494

Mahallalarda kichik biznes va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishni davom ettirish maqsadida:

 

  •  2023-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 13 trillion so'm yo'naltiriladi;
  • kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo'yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;
  • dehqon xo'jaliklari va kichik tadbirkorlikga 50 mln so'mgacha garovsiz kredit beriladi;
  • hokim yordamchisining tavsiyasiga ko'ra kredit summasining 10 mln so'mgacha bo'lgan qismi (hunarmandlar uchun 20 mln so'mgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o'tkazib beriladi;
  • dasturlar doirasida kreditlarni yillik 14 foiz stavkada ajratish tartibi saqlab qolinadi. 

    Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvar, PQ-39-son "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarori

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring

Obuna bo`lish